Biror shahar yoki davlat bilan tanishish uning aeroportidagi g‘aroyib taassurotlardan boshlanishi juda yoqimli. Aeroport shahar yoki davlatlarning tashrif qog‘oziga aylanadi.
AdMe sayohatchilarni hayratga soluvchi ana shunday aeroportlar haqida hikoya qiladi.
Ashxobod shahri xalqaro aeroporti (Turkmaniston)
Parvoz qilayotgan burgut shaklida barpo etilgan Ashxobodning yangi aeroporti nafaqat mamlakatning diqqatga sazovor joyiga aylandi, balki Ginnesning Rekordlar kitobiga ham kirdi.
Abu-Dabi xalqaro aeroporti (BAA)
Tashqi ko‘rinishi bilan suzayotgan kemani eslatuvchi aeroport Abu-Dabi va Dubay shaharlari oralig‘ida joylashgan va bu hashamatli shaharlar muhitiga juda mos tushadi.
Lion-Sent-Ekzyuperi xalqaro aeroporti (Lion, Fransiya)
Lion aeroportiga shu shaharda yashab o‘tgan dunyoga mashhur fransuz yozuvchisi va professional uchuvchi Antuan de Sent-Ekzyuperi nomi berilgan.
Marokash-Minora aeroporti (Marokash)
Dunyoning eng chiroyli aeroportlaridan biri hisoblanib, uning noyob loyihasi Yevropa texnologiyalari va Marokash madaniyati an’analarini uyg‘unlashtirgan.
Inchxon xalqaro aeroporti (Janubiy Koreya)
Dunyoning eng yirik aeroportlaridan biri har yili (2005-yildan buyon) Xalqaro aeroportlar kengashi tomonidan dunyoning eng yaxshi aeroporti deb topiladi.
Shenchjen Baoan aeroporti (Shenchjen, Xitoy)
Marvarid daryosi deltasi sharqiy sohilida joylashgan va yo‘lovchilar va yuk tashish tarmog‘i uchun dengiz portlari bilan tutashgan Xitoyning yagona xalqaro aeroporti hisoblanadi.
Vashington Dalles xalqaro aeroporti (Vashington, AQSh)
Aeroport Duayt Eyzenxauer ma’muriyatidagi AQSh davlat kotibi Jon Foster Dalles sharafiga nomlangan.
Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroport (TWA terminalining eski binosi), (Nyu-York, AQSh)
Mazkur aeroport parvozning abstrakt ramzini aks ettiradi. Bino dunyodagi eng original aeroport binolaridan biri hisoblanadi. Uning ichkarisi tashqi ko‘rinishidan ham noodatiy. Uning aniq devor va chegaralar yo‘q.
Shoudu xalqaro aeroporti, Terminal 3, (Pekin, Xitoy)
Xitoyning birinchi aeroporti. Bino konturlari ajdar shaklini eslatadi, kutish zali esa qishki bog‘ bilan bezatilgan. Aeroport Xitoyning faxri va mamlakat madaniyatining o‘ziga xos muzeyi hisoblanadi.
Denver xalqaro aeroporti (AQSh)
Aeroport nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki u haqida tarqalgan mish-mishlar bilan ham e’tiborni jalb etadi. Aeroport qurilishida juda katta miqdordagi tuproq olib chiqib ketilgan (Panama kanali qurilishida shuncha tuproq qazib olingan). Bu esa ko‘pchilikda aeroport ostida foydalanilmaydigan ulkan bino borligi haqidagi fikrlarni yuzaga keltiradi.
Kansay xalqaro aeroporti (Yaponiya)
Aeroport sun’iy orolda barpo etilgan. Uni quruqlik bilan bog‘lash uchun “Osmon darvozasi” ko‘prigi qurilgan bo‘lib, uning uzunligi 3,75 kilometrni tashkil etadi. Kansay XX asr muhandislik mo‘jizalaridan biri hisoblanadi.
Dubay xalqaro aeroporti (BAA)
BAAning eng yirik fuqarolik aeroporti yo‘lovchilarni palmalarning haqiqiy o‘rmoni bilan kutib oladi. 1-terminalda uxlash uchun o‘nta kabina bo‘lib, ularning har birida karavot, yuqori tezlikdagi internet va katta televizor mavjud.
Los-Anjeles xalqaro aeroporti (AQSh)
Mazkur aeroport eng yirik xalqaro aeroportlardan biri hisoblanadi.
San-Fransisko xalqaro aeroporti (AQSh)
Aeroport terminallarida muzey va kutubxonalar joylashgan, kutish zalida esa san’at buyumlarining vaqtinchalik yoki doimiy ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.
Samui xalqaro aeroporti (Tailand)
Samui aeroporti suvenir do‘konidan tashqari ichki binolarga ega emas. U yiliga milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)