Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari mamlakat sharqidagi Nangarxar viloyati Ochin tumanida oxirgi sutka mobaynida IShID guruhining 22 jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda viloyat ma’muriyati matbuot kotibi Atoullo Hojiyoniy bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, yo‘q qilingan terrorchilar orasida ikki dala komandiri ham bor.
Xavfsizlik kuchlari orasida qurbonlar bor-yo‘qligi noma’lum.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)