• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ekspertlar: O‘zbekiston shaharlari hali ham 70—80-yillarning rejalari asosida rivojlantirilmoqda

    Toshkent arxitektura-qurilish instituti (TAQI)da 3-iyun kuni “Arxitektura simpoziumi” bo‘lib o‘tdi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, unda germaniyalik ekspertlar — Tilo Xilpert va Yens Yordan toshkentlik arxitektorlar, urbanistlar va shaharsozlar bilan birga zamonaviy shaharni rejalashtirish masalalarini muhokama qildi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Tadbirda hududlarni rekonstruksiya qilish, jamoat transporti tizimlarini loyihalashtirish va zamonaviy g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari kabi mavzular ko‘tarildi. O‘zbekistonlik arxitektorlar va shaharsozlar o‘z chiqishlarida mamlakatdagi shaharlarni rejalashtirish sohasida islohotlar o‘tkazish zarurlarini ta’kidladi.

    “Shaharsozlik — bu idoralar o‘rtasida muvofiqlashtiruvni talab qiladigan murakkab jarayon. Bizga ‘miya markazi’ kerak. Sobiq Ittifoq davrida uchta shunday markaz bor edi. Hozir O‘zbekistonda bunday markaz yo‘q. Bunday muassasaning tashkil etilishi favqulodda muhim ahamiyatga ega”, — dedi TAQIning “Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi” kafedrasi mudiri, professor Muhammad Ahmedov.

    Uning qayd etishicha, mamlakat shaharlarining hozir amalda bo‘lgan bosh rejalarini tasdiqlash jarayoni haddan ziyod byurokratik va, ayni vaqtda, modernizatsiyaga muhtoj. Shuningdek, professorning fikricha, O‘zbekiston shaharlarini rejalashtirishda hali ham 1980-yillarning metodologiyalari qo‘llanilmoqda.

    “Shaharlarning bosh rejalari ustida ish olib boruvchi institutlar jamiyat uchun ochiq emas. Rejani ko‘rib chiqish amalda imkonsiz. Menda mavjud ma’lumotlarga asoslanib aytishim mumkinki, Toshkent shahrining va O‘zbekistonning boshqa ko‘plab shaharlari bosh rejalarida sobiq Ittifoq davridan beri mavjud muammolarning yechimlari ko‘rsatilmagan. Ba’zi g‘oyalar, masalan, shaharning ikki nuqtasini birlashtiruvchi katta magistrallar (‘xorda-magistrallar’)ning qurilishi davom etmoqda. Ular Toshkentning 1973-yilgi bosh rejasidayoq ko‘rsatib o‘tilgan edi”, — dedi TAQIning boshqa bir professori Shukur Asqarov, poytaxtning amaldagi bosh rejasi qanchalik dolzarb ekani haqidagi savolga javob berarkan.

    Professor mahalliy ma’muriyat shaharlarni yaxshilash ishiga mahalliy mutaxassislarni jalb etmayotganidan norozilik bildirdi: “Men, ehtimol, ‘shaharsozlik’ mutaxassisligi bo‘yicha O‘zbekistondagi yagona fan doktori bo‘lsam kerak. Mustaqillikning o‘tgan barcha yillarida meni birorta ham shaharning bosh rejasi muhokamasiga taklif qilishmagan”, — dedi u.

    Germaniyalik ekspert Tilo Xilpert esa o‘zining “Ferma-shaharlar” g‘oyasi haqida so‘zlab berdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda katta shaharlarning aholisi oziq-ovqat muammosiga duch keladi, chunki yegulik iste’moli darajasi uni ishlab chiqarish ko‘rsatkichlaridan o‘zib ketmoqda.

    Tilo Xilpert — Berlin, Frankfurt, Filadelfiya, Damashq va Chendudagi loyihalar ustida ish olib borgan arxitektor va shaharsoz.

    Tilo Xilpert — Berlin, Frankfurt, Filadelfiya, Damashq va Chendudagi loyihalar ustida ish olib borgan arxitektor va shaharsoz.
    Foto: “Gazeta.uz”

    Tilo Xilpertning fikricha, mazkur muammoni hal etish uchun shaharlarning ichida, yuqori texnologik maxsus vertikal ferma binolarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish kerak. Olim bu haqda film namoyish etib, bunday loyiha Kanadaning Monreal shahrida ro‘yobga chiqarib bo‘linganini ma’lum qildi.

    Toshkent haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlasharkan, Tilo Xilpert shaharni chiroyli deb atadi. “Chunki u juda to‘g‘ri, ajoyib qurilgan. Men bunda xiyobonlar, katta ko‘chalar tizimini nazarda tutmoqdaman”, — dedi germaniyalik mutaxassis.

    Doktor Xilpert o‘zbekistonlik me’morlarning ishlariga yuqori baho berdi. U, ayniqsa, Toshkent markazida joylashgan va Ofeliya Oydinova loyihasi asosida qurilgan “Marvarid” (“Jemchug”) ko‘p xonadonli turar joy binosini alohida qayd etib o‘tdi. “Bu ekologik bino qurish yo‘lidagi juda dadil, utopik va erkin ijodiy urinishdir”, — dedi u.

    “Arxitektura simpoziumi” Toshkentdagi Gyote-Institut va TAQI tomonidan “Neft zamonidan keyingi shahar. Kelajak shahri hikoyasi” ko‘rgazmasi doirasi tashkil etildi. Ko‘rgazma Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zalida 19-iyunga qadar davom etadi. Ko‘rgazmada Dubay, Abu-Dabi, Nyu-York va boshqa shaharlarda shahar makonlarini o‘zgartirish bo‘yicha amalga oshirilgan dadil yechimlar namoyishga qo‘yilgan.

    “Gazeta.uz”ning qo‘shimcha qilishicha, simpozium doirasida TAQI talabalarining o‘quv arxitektura loyihalari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Ularning ba’zilari “Gazeta.uz” tomonidan e’lon qilindi.

    “Chorsu” bozori rekonstruksiyasi loyihasi. Muallif: Baxtiyor To‘ychiyev, TAQI talabasi. 2017-yil.

    “Chorsu” bozori rekonstruksiyasi loyihasi. Muallif: Baxtiyor To‘ychiyev, TAQI talabasi. 2017-yil.
    Foto: “Gazeta.uz”

    Sergeli avtomobil bozori rekonstruksiyasi loyihasi. Muallif: Akromxo‘ja Chingizov, TAQI talabasi. 2017-yil.

    Sergeli avtomobil bozori rekonstruksiyasi loyihasi. Muallif: Akromxo‘ja Chingizov, TAQI talabasi. 2017-yil.
    Foto: “Gazeta.uz”

     

    03.06.2017, 20:48   Izoh (0)   78590
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mirobod tumanida fohishaxona yopildi

    03.06.2017, 19:24

    Shavkat Mirziyoyev Andijonda yangi avtomobillar ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi

    03.06.2017, 18:56

    Andijondagi kichik sanoat zonasida 2 ming kishi ish bilan ta’minlanadi

    03.06.2017, 17:18

    Shavkat Mirziyoyev Prezidentning Andijondagi Xalq qabulxonasini ko‘zdan kechirdi

    03.06.2017, 16:35

    Andijon shahrida Muhammad Yusuf maktabi tashkil etiladi

    03.06.2017, 16:02

    Shavkat Mirziyoyev Andijondagi 294 xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi

    03.06.2017, 15:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Finlyandiyada dunyodagi eng katta qum batareyasi ishga tushdi

    Dunyo | 24 iyun, 16:11

    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

    Reklama | 24 iyun, 15:00

    Leonardo Di Kaprio, Silvestr Stallone va syomka jarayonida jarohatlangan boshqa Gollivud yulduzlari

    Kino | 24 iyun, 16:05

    Mahmud Istamov adliya vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 15:59

    O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani ta’minlashga qaratilgan yangi qonun qabul qilinishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 24 iyun, 15:46

    Yangi qon guruhi rasman eʼlon qilindi — u Yer yuzida faqat bir odamda mavjud

    Layfstayl | 24 iyun, 15:35

    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi

    Reklama | 24 iyun, 13:30

    Rossiyaning NATO davlatlariga ehtimoliy hujumi ssenariysi tuzildi (xarita)

    Dunyo | 24 iyun, 15:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.