AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Gerald R.Ford — eng yangi aviatashuvchiga ega bo‘ldi. Bu haqda Amerika Harbiy-dengiz kuchlari bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Kemani qabul qilib olish sinovlari 26-may kuni bo‘lib o‘tdi.
Harbiylarning ta’kidlashicha, aviatashuvchi 2020-yilda keng ko‘lamda foydalanish uchun tayyor bo‘ladi. Unga qadar kema jangovar va muhandislik tizimlarini “chiniqtirish” uchun bir necha marta dengizga chiqishi kerak bo‘ladi.
USS Gerald R.Ford AQShga taxminan 13 milliard dollarga tushgan va dunyodagi eng qimmatbaho harbiy kema hisoblanadi. Dastlab 2009-yilda boshlangan kema qurilishi 2014-yilning sentabrida yakunlanishi rejalashtirilgan edi, biroq muddatlar bir necha marta ko‘chirildi.
Izoh (0)