2009-yilda sakkiz egizak farzand ko‘rgan Natali Sulman butun Amerikani hayratga solgan edi. Uning barcha farzandlari sog‘lom tug‘ilgan. Egizaklariga qadar uning olti nafar farzandi ham bor edi. “Fotoshedevri” nashri Natalining 14 nafar farzandi bilan tushgan suratlarini yig‘ib taqim etdi.
Sakkiz egizakning ismlari: Noa, Mali, Isayya, Nariya, Jon, Makay, Jozayya va Jeremayya.
Natali o‘zining 14 nafar farzandi uchun kurashishga qaror qiladi. U maktabni tugatib farzandlarini jamiyat ko‘magisiz moliyaviy jihatdan ta’minlashni niyat qilgan.
“Maktabni tugatgach ularning barchasiga qaray olishimga ishonaman. Agarda men farzandlarimning yorqin kelajagi uchun biror yumush bajarmay, shunchaki divanda o‘tirib televizor tomosha qilganimda bu xudbinlik bo‘lar edi”, — deya tushuntirdi Natali.
Natali bir necha bor moliyaviy jihatda foyda ko‘rish uchun televideniyeda chiqish qilgan va shaxsiy shousi uchun shartnoma ham imzolagan. Afsuski, shou efirga chiqmagan.
O‘zining sakkiz yoshini nishonlagan sakkiz egizak.
Hozirda Natali o‘zining 14 nafar farzandi bilan Los-Anjelsda yaqinidagi shaharda, uchta yotoqxonasi bor kichkina uyda istiqomat qilmoqda.
Ularning ancha ulg‘ayib qolishdi. Endi ularning tagliklarini almashtirishga hojat yo‘q.
Izoh (0)