6-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston hamda Tailand terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv uchun chiptalar sotuvga chiqdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmat berdi.
Eronga qarshi rasmiy o‘yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beruvchi uchrashuvga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi. Chiptalar stadion kassalarida sektoriga qarab 20 va 60 ming so‘mdan sotilmoqda.
Uchrashuv 20:00 da start oladi va “Sport” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2018 uchun kurashni davom ettirayotgan bo‘lsa, Tailand termasi shu saralashning hal qiluvchi bosqichidagi yetti o‘yindagi bitta durangni inobatga olmasa, qolgan barchasida imkoniyatni boy bergan va Rossiyadan umidini uzib bo‘lgan.
Izoh (0)