Niderlandiyaning Zandvort kurort shahrida joylashgan plyaj sohillariga sunamiga o‘xshagan to‘lqinlar urildi. Voqea aks etgan video YouTube’da joylashtirildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Video kadrlaridan ma’lum bo‘lishicha, to‘lqinlar qayiqlarni, shezlonglarni va plyaj soyabonlarini olib ketgan.
To‘lqinlar balandligi ikki metrga yetgan.
Ushbu noyob hodisa meteotsunami deb ataladi. Atmosfera bosimining keskin o‘zgarishi natijasida suv massasi ko‘chadi, buning oqibatida mini-sunamini eslatuvchi hodisa ro‘y beradi.
Izoh (0)