AQSh prezidentlik lavozimiga sobiq nomzod Hillari Klinton AQSh prezidenti Donald Trampning Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish haqidagi qarorini tarixiy xato deb atadi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“Tarixiy xato. Butun dunyo iqlim o‘zgarishi muammosi bo‘yicha oldinga harakatlanmoqda. Parij kelishuvidan chiqish Amerika ishchilari va ularning oilalarini ortda qoldiradi”, — deb yozdi Klinton.
AQShning iqlim bo‘yicha bitimdan chiqishi haqida Donald Tramp kuni kecha, 1-iyun kuni ma’lum qildi.
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Trampning qaroridan afsusda ekanligini ma’lum qildi. Bitim uning prezidentlik boshqaruvi davrida imzolangan edi. Oq uy qarorini Yervoittifoq ham qoraladi.
Izoh (0)