SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Tramp Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishi haqida e’lon qilgandan keyin Oq uy huzurida maslahatchi sifatidagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Prezident kengashini tark etaman. Iqlimning o‘zgarishi bu haqiqat. Parij kelishuvidan chiqish Amerka uchun ham, dunyo uchun ham foydali emas”, — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq Mask AQSh iqlim bo‘yicha kelishuvdan chiqishga qaror qilsa, Oq uyni tark etishga va’da bergan edi.
Izoh (0)