Samarqand eramizdan avvalgi 742-yilda asos solingan dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. Shahar ikki ming yildan ortiq vaqt davomida Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi Buyuk Ipak yo‘lining asosiy punktlaridan biri hisoblangan.
“Boltay” nashri Samarqandning fotograf Denis Mukimov tomonidan olingan suratlari va ularga havola etgan izohlarni taqdim etdi.
Doim Samarqand quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lsa kerak deb o‘ylaganman...
Biroq Samarqand mana bu ko‘rinishga ega ekan:
O‘rta asrlarga oid islom yodgorliklari arxitekturasi uncha katta bo‘lmagan maydonni egallaydi.
Mahalliy suvenirlar
Samarqand markazi
Bu suratlar Samarqandning markaziy maydoni — Registondan bir necha daqiqalik masofada olingan.
Samarqand aholi soni va kattaligi bo‘yicha O‘zbekiston shaharlari orasida ikkinchi o‘rinda turadi.
Shaharning zamonaviy nomi turkcha “Semiz kent” so‘zidan olingan bo‘lib, “Boy manzil” degan ma’noni anglatadi.
2001-yilda shahar va uning tarixiy arxitektura va arxeologik yodgorliklari YuNESKO Butunjahon meroslari ro‘yxatiga “Samarqand — madaniyatlar chorrahasi” nomi bilan kirgan.
“Sharq yulduzi” kinoteatri
Bu qadimiy binolar ajoyib holatda saqlanganligi, barchasi ta’mirlanib, bo‘yalganligi diqqatga sazovor. Binolarning old qismida umuman reklamalar yo‘q.
Qadimgi detallar ham hayratlanarli tarzda saqlanib qolgan. Qachondir bu yerga ham zamonaviy derazalar qo‘yiladi va uning romlari aslo bu shaklda bo‘lmaydi.
Eng chiroyli pochta bo‘limlaridan biri Samarqandda joylashgan. Rus va sharq uslublarining noyob uyg‘unligi.
“Registon” mehmonxonasi rus konstruktivizmi uslubida bunyod etilgan
Drama teatri
Old tomoni panjarali bino
Qadimiy rus binolarining ko‘pligiga qaramasdan, ko‘plab detallar O‘zbekistonda ekanligingni eslatib turadi. Shulardan biri do‘ppi kiygan erkaklardir. O‘rta Osiyoning har bir yirik shahri va hududi o‘z do‘ppi shakli va naqshiga ega. Samarqand do‘ppisi Rossiya patriarxi bosh kiyimini eslatadi.
Ko‘p sonli yorqin choyxonalar ham O‘rta Osiyoda ekanligingni yodga solib turadi
Choyxonalarga tashrif buyurganlar biz uchun noodatiy usul — tapchanlarda o‘tiradi. Juda qulay konstruksiya — to‘yib ovqatlangandan so‘ng, yostiqqa yonboshlab mizg‘ib olish mumkin.
Umumiy ovqatlanish joylarining qiziqarli reklama shtenderlari
Samarqand Mangu olovi
Shaharda piyodalar uchun bir nechta ajoyib hududlar mavjud, kechki payt ularda sayr qilish juda yoqimli.
O‘zbekistonning eng turistik shahrida ideal tozalik va tartibni farroshlarning ulkan armiyasi ta’minlaydi.
Shaharning markaziy ko‘chalarida kaptarlar kabi tovuslar ham erkin sayr qilib yuradi.
Samarqandga Toshkentdan “Afrosiyob” tezyurar poyezdida keldik.
Poyezdning maksimal tezligi — soatiga 230 kilometr. 344 kilometr masofani poyezd roppa-rosa ikki soatda bosib o‘tadi.
Shaharni dunyoga mashhur qilgan qadimiy sharq arxitekturasi yodgorliklari
Samarqand ana shunaqa shahar!
Izoh (0)