AQShda 2017-yilning may oyida yangi avtomobillarning sotilishi o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 0,5 foizga qisqarib, 1,52 millionni tashkil qildi. Bu haqda Autodata Corp. ma’lumotlari guvohlik beradi, deb yozadi “Interfaks”.
Ford Motor Co. may oyida General Motors Co.ni sotuv hajmi bo‘yicha ortda qoldirdi va 2016-yil martidan buyon ilk bor AQShning eng yirik avtokonserniga aylandi. Ford kompaniya va tashkilotlar avtoparklariga 82,8 mingta mashina yetkazib bergan bo‘lsa, GM’da bu ko‘rsatkich 46 mingtani tashkil qildi.
Umuman olganda Ford’ning may oyidagi sotuv hajmi 2,2 foizga o‘sib, 241,1 mingta avtomobilni tashkil etdi. GM ko‘rsatkichi esa 1,3 foizga pasayib, 237,4 mingta mashinadan iborat bo‘ldi.
Izoh (0)