Rossiyaning Smolensk shahri ustidagi aviahalokatda nobud bo‘lgan Polsha prezidenti Lex Kachinski ko‘milgan tobut ichidan yana ikki kishining qoldiqlari topildi. Bu haqda mamlakat bosh prokurorining o‘rinbosari Marek Pashchonek Varshavada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Amaldorlarning so‘zlariga qaraganda, hozir prokuratura jasadlarning almashib ketishi yoki qoldiqlarning almashib ketishida rossiyalik tibbiyot xodimlarining aybi bor-yo‘qligini tekshirmoqda.
“Rossiyalik mediklarning javobgarligi yuzasidan alohida surishtiruv olib borilmoqda. Biz Rossiyaga huquqiy yordam so‘rab murojaat qildik”, — Pashchonek.
Oxirgi kunlarda Polsha matbuotida Smolensk fojiasi qurbonlarining tobutlaridan boshqa odamlarning qoldiqlari topilayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Jumladan, general Vlodzimej Potashchinskiy eksgumatsiyasi davomida to‘rt kishining jasadi topildi. Avvalroq general Borislav Kvyatokovskiyning eksgumatsiyasi chog‘ida yetti kishining jasadi topilgan edi.
Izoh (0)