NASA Quyoshni yaqin masofadan o‘rganishga mo‘ljallangan zondni qayta nomladi. Apparatga atoqli astrofizik, plazma fizikasi tadqiqotchisi va “Quyosh shamoli” atamasi muallifi Yujin Parker nomi berildi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“NASA birinchi marta kosmik apparatga hozir ham yashayotgan insonning nomini berdi”, — qayd qilib o‘tdi agentlik xodimi Tomas Zurbuchen.
Yangi zond 2018-yil yozida uchiriladi. U Quyoshga rekord darajada — 6,2 million kilometr masofaga yaqinlashadi. Apparatning og‘irligi 680 kilogrammni tashkil qiladi.
Izoh (0)