Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kaliforniya shtatidagi Moxave sahrosida 9100 metr balandlikdan tashuvchi raketalarni uchirishga mo‘ljallangan Stratolaunch transport samolyoti ilk bor ombordan chiqarildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Foto: Twitter / @PaulGAllen

Foto: Twitter / @PaulGAllen

Orbital OTK korporatsiyasi tomonidan yaratilgan mashina 6 ta Pratt&Whitney PW4056 dvigateli bilan jihozlangan va har biri 72 metr keladigan ikki fyuzelajdan iborat. Havo kemasining og‘irligi 250 tonna, to‘liq yuk bilan esa 590 tonnaga teng. 

Stratolaunch Systems kompaniyasi bosh boshqaruvchisi Jin Floydga ko‘ra, samolyot Pegasus XL tashuvchi raketalari uchun havo platformasi tariqasida yaratilgan. Birinchi bosqichda bitta, keyinchalik esa 3 ta raketani eltishi mumkin.

Hozirda samolyot yaratishning dastlabki bosqichi yakunlandi, endi quruqlik va havodagi sinovlar boshlanadi. Stratolaunch bortidan raketaning ilk sinov uchirilishi 2019-yilga mo‘ljallangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin