Ijtimoiy tarmoqda “layk” qo‘ygani uchun Shveysariya tarixidagi ilk ayblov hukmi Syurix tuman sudi tomonidan chiqarildi, deb yozadi “TASS”.
Sudya uzoq yillardan buyon hayvonlarni ko‘paytirib so‘yishga qarshi kurash olib boruvchi jamoat aktivisti Ervin Kesslerning da’vosi bo‘yicha, Shveysariyaning 45 yoshli fuqarosini 4 ming frank jarimaga tortdi. Aybdor deb topilgan shveysariyalik Facebook’da Kesslerni fashizm, antisemitizm va irqchilikda ayblagan foydalanuvchining izohiga “layk” bosgan.
Syurix sudi jabrlanuvchining da’vo arizasini ko‘rib chiqib, izohlar mualliflariga bir nechta ayblov hukmlarini chiqardi va jarimalar bilan jazoladi. Javobgarlar Kesslerda irqchilik yoki antisemitizmga xos qarashlar borligini isbotlay olmadi.
Izoh (0)