Rossiya Estoniyaning Sankt-Peterburgdagi konsuli Yaanus Kirikmyaeni hamda bosh konsullikning Pskovdagi devonxonasi rahbari Katrin Kanarikni non-grata shaxslar deb e’lon qildi. Ular mamlakatni besh kun ichida tark etishi lozim, deb ma’lum qiladi “TASS”.
“Estoniya rasmiylarining dushmanona aksiyasi munosabati bilan 31-may kuni Rossiya TIVga Estoniyaning Moskvadagi elchisi Arti Xilpus chaqirildi”, — deyiladi Rossiya TIV xabarnomasida.
Elchiga topshirilgan notaga ko‘ra, ikki diplomat tez kunda Rossiyani tark etishi lozim.
Ilgariroq Estoniya hududidan bir necha rossiyalik diplomat chiqarib yuborilgan edi.
Izoh (0)