Checheniston rahbari Ramzan Qodirov diplomatiya sohasidagi “Do‘stlik elchisi” mukofotini qo‘lga kiritdi, deb yozadi “TASS”. Bunday qarorni Yevrosiyo xalqlari Assambleyasi qurultoyi delegatlari qabul qildi.
Tashkilotning eng nufuzli mukofoti Ramzan Qodirovga uning xalqaro terrorizmga qarshi samarali kurashi, Rossiya va Yaqin Sharq iqtisodiyotini integratsiyalash bo‘yicha faoliyati uchun berildi.
“Do‘stlik elchisi” mukofotiga, shuningdek, “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarini tashkil qilgani uchun Yoqutiston rahbari Yegor Borisov ham loyiq deb topildi.
Izoh (0)