Melburn xalqaro aeroporti vaqtinchalik yopib qo‘yildi. Bortida favqulodda vaziyat ro‘y bergan layner aeroportga qaytib keldi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A330 layneri Melburn – Kuala-Lumpur reysini amalga oshirayotgan paytda parvoz boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib qaytishga majbur bo‘ldi. Yo‘lovchilardan biri uchuvchilar kabinasiga kirishga uringani bunga sabab bo‘ldi. Yo‘lovchi bomba haqida ogohlantirgan, shuningdek, qo‘lida elektron uskuna borligini ma’lum qilgan.
Aviakompaniya favqulodda vaziyat haqidagi axborotni tasdiqladi.
“Yo‘lovchi uchuvchilar kabinasiga kirishga urindi, ammo boshqa yo‘lovchilar tomonidan to‘xtatib qolindi, bort Melburnga qaytdi”, — ma’lum qildi Malaysia Airlines vakillari.
Izoh (0)