Janubiy Afrikaning Pretoriya shahrida yashovchi oila ilon zahri tufayli ikki itidan ayrildi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Spayk laqabli 10 yoshli Yorkshir teryeri oila yashaydigan uy hovlisida sudralib yurgan zaharli ilonni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Afsuski, ilon itni tishlab olishga ulgurdi, natijada u vafot etdi.
Spaykning o‘limidan bir soat o‘tib, oilaning ikkinchi iti — ikki yoshli Prinses ham nobud bo‘ldi: u egasi qo‘shnilarni yordamga chaqirish uchun chiqib ketgan vaqtda ilonga tashlanib, uni yer tishlatgan, ammo kobra unga ham o‘z zahrini kirita olgan.
Itlarni yonma-yon dafn qilishdi.
Izoh (0)