AQSh harbiylari 30-may, seshanba kuni qit’alararo ballistik raketalarni to‘xtatib qolish uchun yaratilgan raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda AQSh raketaga qarshi mudofaa agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, Kaliforniyada joylashtirilgan parvoz marsh maydonida raketaga qarshi mudofaaning yerdagi tizimi (Ground-based Midcourse Defense) sinovdan o‘tkazildi. U Tinch okeanidagi Marshall orollaridan uchirilgan nishon-raketani mo‘ljalga oldi. Nishon ro‘paradan to‘qnashuv natijasida yo‘q qilinganligi ta’kidlanmoqda.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sinov birinchi maqsadlariga erishdi. Dastur bilan shug‘ullanuvchi rasmiy shaxslar sinov davomida olingan ma’lumotlar asosida tizim mahsuldorligini baholashda davom etadi”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Izoh (0)