Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp davlatlar yetakchilarini u bilan mobil telefon orqali bog‘lanishga chaqirmoqda, deb yozadi “TASS”. Bu haqda AP Amerika ma’muriyatining vaziyatdan xabardor amaldagi va sobiq vakillariga tayanib xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, mobil telefon orqali suhbatlashish taklifi bilan u kamida Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto va Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga murojaat qilgan, Tryudo bunday imkoniyatdan foydalanib ham ko‘rgan.

AP qayd etishicha, bunday amaliyot “nafaqat diplomatik protokolga zid, balki AQSh qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni muzokaralari xavfsizligini ham shubha ostiga qo‘yadi”.

Fransiya hukumatining anonim vakili aytishicha, Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga ham o‘z raqamini bergan.

Oq uy ham, Tryudo kanselyariyasi ham ushbu axborotga rasmiy izoh berishdan bosh tortdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi