O‘zA Shahrisabz tumanidagi “Eko parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan reportaj tayyorladi. Materialda ta’kidlanishicha, korxona Afg‘oniston va Tojikistonga 1 million dollarlik tuxum eksport qilishni rejalashtirilmoqda.
Ayni paytda MChJda 70 ming zotli tovuq parvarishlanib, kuniga 60 mingdan ziyod tuxum olinmoqda.
Ichki bozorda mustahkam o‘rin egallagan korxona mahsulotni tashqi bozorga chiqarishni ham yo‘lga qo‘ydi. O‘tgan yili qo‘shni Afg‘oniston va Tojikiston davlatlariga 107 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. Joriy yilning 1-apreliga qadar bu ko‘rsatkich 320 ming dollardan oshdi. Korxona jamoasi yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkichni 1 million dollarga yetkazishni rejalashtirgan.
“Aholiga tarqatish uchun 80 ming dona naslli jo‘ja ham parvarishlaymiz, — dedi korxona ish boshqaruvchisi Umarxon Umidov. — Faoliyatimizni yanada kengaytirish maqsadida 10,2 milliard so‘mlik yirik loyiha ustida ish olib borilmoqda. Naslli parrandani o‘zimizda yetishtirish imkonini yaratadigan ushbu loyihaga ko‘ra, yiliga 456 ming dona jo‘ja ochirishga mo‘ljallangan zamonaviy inkubatsion sex, jo‘ja yetishtirish va 50 ming tovuq boqish uchun qo‘shimcha zamonaviy obyektlar quriladi. Natijada 30 yangi ish o‘rni yaratiladi”.
Izoh (0)