Milliarder Alisher Usmonovning matbuot xizmati Aleksey Navalniyning biznesmen nomiga yo‘llangan video murojaatiga izoh berdi. Shuningdek, ular yangi ayblovlar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.
Biznesmenning faoliyati bo‘yicha tergov olib borayotgan Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi chop etgan savollarga Usmonovning matbuot xizmati “Navalniyning Stand up comedy yo‘nalishi bo‘yicha iste’dodini tan olmaslikning iloj yo‘q” deya javob berdi. Shuningdek, ular muxolifatchining tekshiruvi “o‘rtacha hajviy shou ssenariysini eslatmoqda” deya ma’lum qildi.
Usmonov vakillari “huquqiy safsatani ommaviy piardan ajratishga” va yangi ayblovlar tayyorlashga va’da berishdi.
Shuningdek, ularning ta’kidlashicha, videorolikda taqdim etilgan hujjatlarda ingliz tilidan tarjimada va rus tilida xatoliklar bor.
Alisher Usmonov Navalniyni yolg‘onchilikda ayblab ikkita videomurojaat e’lon qilgan edi. Biznesmen muxolifatchini “It yurak” kitobi qahramoni Poligraf Sharikovga qiyoslagandi.
Bugun, 30-may kuni Moskvaning Lyublin sudida Usmonovning Navalniy bo‘yicha da’vosi ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)