29-may kuni Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida bolalar va o‘smirlarga moʻljallangan “Bolajonlar — shirintoylar” bolalar moda festivali o‘z ishini boshladi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Festivalning dastlabki kuni — Fashion Industry show’da yetakchi mahalliy trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tikuvchilik korxonalari tayyorlagan bolalar uchun mavsumiy toʻplamlar mahoratli dizaynerlar tomonidan taqdim etildi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Istiqlol (Namangan), Samarkand Apparel (Samarqand), Afrosiyob Jeans (Samarqand), Nil Granit (Andijon), Azalea Garment (Toshkent viloyati, Piskent) korxonalarida ishlab chiqarilgan 200 komplektdan iborat liboslar “Tantana” va Fashion Lab bolalar ijodiy studiyalarining yosh modellari, shuningdek, “Kolibri” art-byurosi va “Oltin qanot” moda maktabi tarbiyalanuvchilari tomonidan tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Festivalda 450 dan ortiq libos namunalari namoyish etiladi. Kolleksiyalar tanlovi uch bosqichda o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra 60 dizaynerning 42 ta liboslar to‘plami saralab olindi. Dizaynerlar kollektsiyasi 2,5 yoshdan 13 yoshgacha  bo‘lgan 220 dan ortiq yosh moddellar tomonidan namoyish etiladi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Bugun, 30-may kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan #beyoung for baby defilesida dizayner yo‘nalishidagi oliygohlar talabalari, kollej o‘quvchilari, alohida faoliyat yuritayotgan dizaynerlar tomonidan yaratilgan liboslar namoyish qilinadi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman