Futbol bo‘yicha Tailand terma jamoasi o‘z yig‘inini boshladi, deb xabar berdi “Championat.asia” sayti.
Tailandliklar 6-iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. 13-iyun kuni esa o‘z maydonida BAA termasini qabul qiladi hamda JCh—2018 saralashi doirasida raqobatlashadi.
Milovan Rayevats murabbiylik qilayotgan Tailand termasi mashg‘ulotlarga allaqachon kirishgan. Quyida mashg‘ulotlardan fotosuratlar taqdim etilgan.
Izoh (0)