“Quvnoqlar va zukkolar hamdo‘stligi” xalqaro festivali doirasida harbiy-ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “QVZ — 2017” o‘yinlarida qatnashgan O‘zbekiston vakillari — “Sharq yulduzi” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi, deb yozadi O‘zA.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari, jamoatchilik vakillari Toshkent temiryo‘l vokzalida Moskvadan qaytib kelgan jamoa a’zolarini tantanali kutib oldi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri o‘rinbosari Muzaffar Soliyev va boshqalar mamlakatda milliy armiya uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan samarali oliy harbiy ta’lim tizimi tashkil etilganini ta’kidladi. Harbiy ta’lim muassasalari kursant va tinglovchilari harbiy kasb bilan birgalikda o‘zining ijodiy qobiliyatini ham rivojlantirib, mamlakat hayotida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Har bir oliy harbiy ta’lim muassasasida quvnoqlar va zukkolar klublari jamoalari tashkil etilgan bo‘lib, ular O‘zbekistonda va xorijda o‘tkazilayotgan tadbirlarda muvaffaqiyatli qatnashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ta’lim muassasalari kursantlaridan tashkil etilgan “Sharq yulduzi” terma jamoasi quvnoqlar va zukkolar o‘yinlarida betakror sharqona hazil-mutoyiba, vokal san’ati va iste’dodini namoyish qildi.
Izoh (0)