Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis Senatining 27-may kuni ochilgan o‘ninchi yalpi majlisida senatorlar bir nechta qarorlar qabul qildi. Jumladan, Oliy sud raisini va uning o‘rinbosarlarini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisi Shoyunus G‘oziyev, uning o‘rinbosarlari Fayzulla Abduazimov va Qo‘chqor Tog‘ayev, shuningdek, harbiy hay’at raisi Rahimjon Obidov lavozimlaridan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi lavozimiga Kozimjon Komilov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, besh yil muddatga saylandi, shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rinbosarlari etib Xolmo‘min Yodgorov  – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga, Bahodir Dehqonov – ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga, Baxtiyor Isakov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi