Ilon Maskning yangi kompaniyasi — The Boring Company yerosti tunneli bo‘ylab harakatlana oluvchi haydovchisiz elektr avtobusi prototipini namoyish etdi. Yangilik haqida batafsil ma’lumotlar hozircha yo‘q, deb yozadi “Motor”.
The Boring Company joriy yilning bahor faslida Los-Anjelesda birinchi tunnelni qurishga kirishdi. Maskning fikricha, shaharlar o‘rtasida avtomobilli maxsus telejkalar avtonom rejimda harakatlanishi mumkin bo‘lgan yerosti tunnellari tarmog‘ini barpo etish mumkin.
Mashinalar uchun o‘ziga xos metro bo‘lgan bu kabi platformalar tezligi soatiga 200 kilometrga yetishi mumkin.
Ilon Mask bu kabi tunnellar magistrallarni bo‘shatish va tirbandliklarni kamaytirish imkonini beradi deb hisoblaydi. Bundan tashqari, ularni Hyperloop tovush tezligidan yuqori vakuum tunnellar tizimi bilan birlashtirish mumkin. Ularning yordamida shaharlar o‘rtasida harakatlanish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)