Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obidiy tez orada Mosuldagi IShID terrorchilik guruhi jangarilari ustidan g‘alaba qozonishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda “As-Sumariya” telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “Riafan”

Foto: “Riafan”

“Qahramonlarimiz harakatlari tufayli yaqin vaqt ichida g‘alaba haqida e’lon qilinadi”, — dedi u va operatsiya yakuniy bosqichda ekanligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, bosh vazir boshqa davlatlarga Iroq suverenitetini hurmat qilish va mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik talablari bilan murojaat qildi.

Avvalroq Iroq armiyasi maxsus topshiriqli bo‘linmalari, IIV tezkor kuchlari va Federal politsiyasi AQSh boshchiligidagi koalitsiya ko‘magida 27-may, shanba kuni Mosulning g‘arbiy qismidagi IShIDning so‘nggi istehkomlariga hujum boshlaganligi ma’lum qilingan edi. Shaharning besh foizga yaqin hududi terrorchilar nazorati ostida ekanligi ta’kidlanmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...