Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dominika Respublikasida Braziliyaning Odebrecht qurilish kompaniyasi bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaro doirasida 11 nafar mansabdor qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Jan-Alen Rodriges ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: Globo

Foto: Globo

Qo‘lga olinganlar orasida sanoat va savdo vaziri Temistokles Montas (u iste’fo berishga ham ulgurdi), sobiq jamoat ishlari va aloqa vaziri Viktor Dias-Rua va davlat kompaniyalarining bir necha sobiq direktori bor. Ular mablag‘lardan noqonuniy foydalanish, pora berish va soxta moliyaviy hujjatlar taqdim etishda ayblanmoqda.

3 nafar deputat ham ushbu korrupsiyaviy mojaroga aloqadorlikda ayblanmoqda. Bosh prokuror ularni parlament immunitetidan mahrum etishni talab qildi.

Ma’lumot uchun, Odebrecht ishi bo‘yicha oldinroq Braziliya, Kolumbiya. Panama va Peruda yuqori martabali amaldorlarga yuzlab ayblovlar e’lon qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov