Yevropa Ittifoqi Suriya hukumatiga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda, tashkilot matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“2017-yil 29-mayda Kengash Yevroittifoqning Suriya rejimiga qarshi cheklov choralarini 2018-yil 1-iyunga qadar uzaytirdi”, — deyiladi xabarnomada.
Bundan tashqari, ma’lum qilinishicha, qora ro‘yxatga Suriya hukumatining yana uch a’zosi — uch vazir qo‘shilgan.
Izoh (0)