Tunis milliy gvardiyasining terrorga qarshi kurash bo‘limi xodimlari ISHIDning mahalliy komandirlaridan birini yo‘q qildi. U 2014-yildan buyon qidiruvda edi, deb ma’lum qiladi “RIA Novosti”.
Operatsiya Kasserin viloyatining Xosi Farid tumanida o‘tkazildi. Ushbu terrorni hibsga olish uchun ruxsatnoma 11 marta yozib berilgan edi.
Tunisda prezident Bejim Qoid as-Sabsiy tomonidan 2015-yili joriy etilgan favqulodda holat haligacha davom etmoqda. O‘shanda poytaxt Tunis va Sus kurort shahrida yirik teraktlar uyushtirilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.