Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

31-mart kuni soat 14:00 larda noma’lum shaxs Toshkent shahrining Shayxontoxur tumani hududida Gentra rusumli avtoulovning oynasini sindirib, fuqaro Madina Asqarovaga tegishli hujjatlarni va 1700000 so‘mlik shaxsiy mulkini o‘g‘irlagan edi. Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs yaqinda ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Mazkur holat bo‘yicha Shayxontoxur tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi va 227 moddasi 2-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik hamda muhim shaxsiy hujjatlarni egallash va nobud qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyat Andrey Nikolayevich Grichenko tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Grichenkoga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik 
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi