Polsha prokuraturasi Rossiyaning Smolensk shahri yaqinida ro‘y bergan halokat qurbonlaridan birining tobutidan boshqa odamning qoldiqlari chiqqani haqidagi axborotni tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
2010-yil 10-aprelda Rossiyaga uchib kelayotgan Polsha delegatsiyasi Tu-154 samolyotida halokatga uchragan edi. Unda deyarli butun hukumat, shuningdek, prezident halok bo‘lgan edi. Mazkur fojia yuzasidan surishtiruvlar davom etmoqda.
Ilgariroq OAVda halokatda qurbon bo‘lgan general Bronislav Kvyatovskining qabridan boshqa odamning tanasi topilgani ma’lum qilingan edi.
“General Kvyatovski oilasining axborotini tasdiqlayman. Tobutda boshqa odamlarning qoldig‘i ekan”, — dedi prokuratura matbuot kotibi Eva Boyalik.
Tobutdan yana yetti kishining qoldiqlari topilganini OAVga generalning bevasi aytgan edi.
Izoh (0)