• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Plastik kartochkalar: o‘zbekistonliklar uchun manfaatlimi yoki bosh og‘rig‘i?

    Rivojlangan mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar to‘lovi uchun plastik kartochkalar keng qo‘llaniladi. Aholi uchun ham, banklar uchun ham va chakana savdo uchun ham ulardan foydalanish qulay. Plastik kartochkalarning bir qator afzalliklari bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistonda ulardan foydalanish ko‘pincha turli qiyinchiliklarni tug‘diradi. Asosiy muammo — ba’zi savdo rastalarida terminallarning yo‘qligi va karta ichidagi mablag‘ni naqdlashtirish masalasi.

    Foto: UZ24

    Foto: UZ24

    Nega O‘zbekistonda plastik kartalarning joriy etilishi bunaqa “notipik” natijalar berdi? UZ24 bu borada tushuntirish berishini so‘rab mustaqil iqtisodchi Yuliy Yusupovga murojaat qildi.

    Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xaridlarning katta qismi naqd pulsiz — bank o‘tkazmalari, elektron hamyonlar va plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladi.

    Masalan, Shvetsiyada, dunyoda pulni “raqamlashtirish” bo‘yicha eng “ilg‘or” davlatlardan birida, umumiy pul massasining faqat 2 foizi naqd pulga to‘g‘ri keladi.

    Plastik kartochkalar — pul muomalasini “raqamlashtirish”ning asosiy qurollaridan biri, insoniyat tarixidagi ulkan ixtiro va yutuq hisoblanadi.

    Kartochkalar nima uchun qulay va foydali?

    Aholi uchun:

    - xarid vaqtida o‘zi bilan katta miqdordagi pulni olib yurishga hojat yo‘q;

    - tovar va xizmatlar uchun to‘lovni internet orqali amalga oshirish mumkin.

    Chakana savdo uchun:

    - naqd pul bilan bog‘liq tartibsizliklar yuzaga kelmaydi;

    - mijozlarning sotib olish hajmini oshiradi — qoida tariqasida, ko‘proq xaridor keltirishi mumkin;

    - internet orqali savdo hajmi oshadi.

    Banklar uchun:

    - banklarning depozit bazasini kengaytiradi va ulardan faol operatsiyalari uchun foydalanish mumkin, masalan, kredit sifatida.

    Butun jamiyat uchun:

    - moliyaviy operatsiyalar yanada shaffoflashadi (soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va noqonuniy faoliyatga barham berish).

    O‘zbekistonda plastik kartochkalarning paydo bo‘lishi tom ma’noda portlash kabi hodisa: 2005-yildan buyon kartalar soni 45,5 baravarga (!), jismoniy shaxslarning kredit kartochkalari orqali milliy valyutada amalga oshirgan bitimlari soni esa — 371 marta (!) oshdi.

    Muomalaga kiritilgan plastik kartalar soni (1-yanvar holatiga). Foto: “Cbu.uz”

    Muomalaga kiritilgan plastik kartalar soni (1-yanvar holatiga). Foto: “Cbu.uz”

    Bir qarashda bu quvonarli holdek tuyuladi. Biroq, O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson plastik kartalarning muomalaga kiritilishi hayot tarzini yaxshilagani bilan birga uni og‘irlashtirganini ham juda yaxshi biladi.

    Nega bunday bo‘ldi?

    Avvalo, plastik kartaning ishlash tizimini tushunib olish kerak. Gap aslida dunyoning deyarli barcha davlatlarida bu tizimning qanday ishlashi haqida.

    Plastik kartochkalardan foydalanishning asosiy tamoyili — bu ixtiyoriylik. Ulardan foydalanish yoki foydalanmaslik to‘g‘risida odamlar o‘zlari ixtiyoriy ravishda, ma’muriy majburlashlarsiz, qaror qilishlari lozim.

    Kartochkalardan foydalanish qulay va foydali bo‘lgandagina, ular qo‘llaniladi. Gap shundaki, kassa yoki bankomat orqali pul naqdlashtirilganida banklar ko‘pincha komission haq oladi, ularda bu ko‘rsatkich bizdagidek ulkan emas va ko‘pincha 1–2 foizdan oshmaydi. Bunda iste’molchi kartochka bilan hisob-kitob qilganida ana shu komission haqni to‘lamaydi. Bundan tashqari, banklar ko‘pincha savdo tarmoqlari, kommunal xizmatlar, aviakompaniyalar va boshqa sotuvchilar bilan o‘sha bankning plastik kartalari orqali to‘lovni amalga oshirganda mijozga chegirmalar taqdim etish bo‘yicha kelishib olishadi. Avvaliga plastik kartalar tizimi qanday ishlashi lozimligini tushunib olishimiz kerak. Gap uning ideal tarzda ishlashi qanaqa bo‘lishi haqida ham emas, shunchaki, jahonning bizdan boshqa barcha davlatlarida qanday ishlayotgani xususida.

    Banklar nega bunday qiladi?

    Bu yerda yana bir tamoyil —  raqobatbardoshlik tamoyili ishlaydi. Agar moliya sektorida raqobat rivojlangan bo‘lsa, banklar o‘z mijozlari uchun kurashadi hamda ularni o‘z mahsulot va xizmatlari bilan jalb qilishga harakat qiladi. Shu maqsadda bank o‘z plastik kartalarini iste’molchilar uchun “jozibador”ga aylantirishga urinadi.

    Bankomat orqali zarur miqdordagi pulni naqdlashtirib olish. Buning uchun kichik foizni to‘lash kerak bo‘lsa-da, siz amalda buning imkoni borligini bilasiz.

    Nihoyat, plastik kartalardan foydalanish mexanizmlari juda oddiy va qulay bo‘lishi. Osonlik bilan bank hisob raqami yoki internet orqali depozit bilan karta hisobini to‘ldirish mumkin. Osongina kartadan kartaga pul o‘tkazish va internet orqali xarid qilish mumkin.

    Nega bu tamoyillar bizda ishlamaydi?

    1.Kartalarga ixtiyoriy-majburiyda ravishda o‘tilgan va shuningdek, ularga ish haqi va boshqa daromadlar o‘tkaziladi;

    2. Banklar orasida raqobat kam, xizmatlari shu jumladan, plastik kartochkalarga jalb qilish darajasi past;

    3. Pulni bankomatlar orqali naqdlashtirish haqida faqatgina orzu qilish mumkin. Shunday bo‘lsa-da, hukumat bu muammoni hal qilishga va’da bergan, lekin hozircha ...

    Nega bunday bo‘ldi?

    Avval infratuzilma (terminallar, bankomatlar) tayyor emas ekan, kartochkalar joriy etishning nima keragi bor edi? Nima uchun kartadan naqd pul olish huquqidan foydalanish mumkin emas?

    Dastlab, plastik kartalarga insonlar hayotini yengillashtirish uchun bir vosita sifatida emas, avvalo, boshqa muammolarning yechimi sifatida qaraldi.

    Muammo nimada?

    - yashirin iqtisodiyot va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurash;

    - valyutaning qora bozoriga qarshi kurash, qora bozorda kursning ortib borishiga yo‘l qo‘ymaslik.

    Kurashish quyidagicha. Ma’lumki, odamlar qora bozorda pul ayirboshlashni afzal bilishadi. Shunga ko‘ra, naqd pul aylanmasini cheklash orqali hukumat yashirin moliyaviy resurslardan mahrum qildi. Oqibatda esa butun iqtisodiyot va  odamlar zarar ko‘rdi (pul muomalasi — bu bozor iqtisodiyotining “qon aylanish tizimi” va bu holatda ma’muriy aralashuvni qon tomirlarda qon tiqilib qolishiga qiyoslash mumkin), ammo bundan negadir hech kim xavotirlanmadi. Asosiy maqsad qisqa muddatli natijalarga erishish edi, keyin nima bo‘lishi bilan hech kimning ishi yo‘q.

    Shu bilan bir vaqtda, yashirin iqtisodiyotning keng o‘rni va qora valyuta bozori mavjudligi — samarasiz iqtisodiy siyosatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri natijasidir. Soliq yukining balandligi, biznes yuritishdagi to‘siqlar,  narxlarning ma’muriy tartibga solinishi, foiz stavkalari, kurs ayirboshlash —  bu qora bozor va yer osti sxemalari yuzaga kelishining asosiy sabablari. Lekin bizda sabablarni bartaraf etish o‘rniga, uning oqibatlari bilan kurashishga, bizning hisobimizdan kurashishga qaror qilindi.

    Buni hal qilish yo‘li qanday?

    Agar biz oddiy to‘lov tizimini (aynan oddiy, odatiy, a’lo emas!) yo‘lga qo‘yishni istasak, buning uchun:

    1. Naqd pul muomalasi yo‘lidagi ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash, oddiy hissadorlar, tadbirkorlarga ularning hisobi va kartalaridan erkin tarzda naqd pul yechib olishlariga ruxsat berish;

    2. Bank sohasida raqobatni rivojlantirish;

    3. Va albatta plastik kartochkalarga ixtiyoriy ravishda o‘tilmaslikni qat’iyan taqiqlash kerak.

    O‘z navbatida, soliqlarni kamaytirish, soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish, biznes yuritish uchun to‘siqlarni bartaraf etish, valyuta bozorini erkinlashtirish orqali yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash olib borish mumkin.

    Muallif fikri tahririyatniki bilan mos kelmasligi mumkin.

    29.05.2017, 10:50   Izoh (0)   35958
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev sentabrda AQShga borishi kutilmoqda

    29.05.2017, 10:17

    Saharlikni 15—20 daqiqa kechikib qilish mumkinmi?

    29.05.2017, 09:49

    IELTS imtihonini muvaffaqiyatli topshirish sirlari

    29.05.2017, 09:27

    Sizning uyingiz himoyalanganmi?

    29.05.2017, 09:15

    TPS’dan “Qo‘shiling” yangi trafik rejalarida internetga soat 00:00 dan 09:00 gacha cheklovsiz kirish mumkin

    29.05.2017, 09:00

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqladi

    28.05.2017, 14:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Telegram dasturchilar uchun yiliga 1 mln dollar to‘lanadigan vakansiyani e’lon qildi

    Layfstayl | 24 iyun, 13:15

    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

    Reklama | 24 iyun, 12:14

    Elektr energiyasi, gaz va suv tarmoqlariga noqonuniy ulanib, o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 13:10

    NATO bosh kotibi Ukrainaga 35 mlrd yevrolik harbiy yordam va’da qildi

    Dunyo | 24 iyun, 13:04

    Turk kinosi yulduzlari Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen farzandlari bilan Londonda hordiq chiqarmoqda (foto)

    Shou-biznes | 24 iyun, 12:59

    Eronning Qatardagi AQSH bazasiga zarbasi haqida davlatlar qanday bayonot berdi?

    Dunyo | 24 iyun, 12:58

    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

    Reklama | 24 iyun, 10:30

    “Real” Rodrigoni qanchaga sotmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 24 iyun, 12:34

    “Ko‘zlari qisiq” xitoylik erkak elektromobilni hayday olmayapti — charchoqni aniqlovchi tizim uni uxlayapti deb o‘ylab, avtomatik to‘xtaydi

    Qo‘ziqorin | 24 iyun, 12:32

    Toshkentda “Olmazor yoshlarni sevadi — Bitiruvchi 2025” shiori ostida gala-konsert o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 12:26

    Unchalik mashhur bo‘lmagan, ammo tomosha qilishga arziydigan turk filmlari

    Kino | 24 iyun, 12:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.