O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-may kuni “‘O‘ztadbirkoreksport’ AJ faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjatga muvofiq, AJ “O‘ztreyd” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasiga aylantirildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
“O‘ztadbirkoreksport” AJ 2015-yil dekabrida tuzilgan edi. Kompaniya kichik va xususiy biznes subyektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashadi.
Kompaniya rebrendingi haqidagi qaror uni chet elda keng targ‘ib qilish, tashqi bozorlarda ishonchli va barqaror kompaniya imijini yaratish maqsadida o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston rahbari “O‘ztreyd” vakolatlarini kengaytirdi. Endi kompaniya tashqi bozorlarda talab va taklifni o‘rganib, shu asosda buyurtmalar va takliflar ishlab chiqadi.
Shuningdek, “Uztreyd” kompaniyaning chet eldagi savdo uylari orqali konsignatsiya shartlari asosida bug‘doy va unni eksport qilish huquqiga ega bo‘ldi. Kompaniya mahsulotni konsignatsiya shartlari asosida yetkazib berishi mumkin, bunda respublika tashkilotlarining umumiy ulushi 51 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.
Izoh (0)