Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniya kubogining finali “Barselona” g‘alabasi bilan yakuniga yetgach, braziliyalik hujumchi Neymar va shu kuni Kataloniya klubi bilan so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgan mutaxassis Luis Enrike yarim asrdan ko‘proq davom etgan rekordlarni takrorlashga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Neymar

“Alaves”ga qarshi 3:1 hisobi bilan yakuniga yetgan o‘yinda Neymar gol urishga muvaffaq bo‘ldi va Ispaniya kubogining ketma-ket uch finalida gol urgan futbolchiga aylandi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

55 yil avval, aniqrog‘i, 1962-yilda Ferens Pushkash qatorasiga uch mavsum kubok finalida gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Farqi shundaki, “Real” hujumchisi Pushkash uchta finalning faqatgina bittasida, o‘sha 1962-yildagisida bosh sovringa ega chiqqan. Neymar gol urgan har uch finalda ham “Barselona” futbolchilari kubokni baland ko‘tardi.

Luis Enrike

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ispaniya kubogini ketma-ket uch bor yutib olgan mutaxassis 64 yillik rekordni takrorladi. Avvalgi rekord ham “Barselona” murabbiyiga tegishli edi. 1951, 1952 va 1953-yilgi mavsumlarda Ferdinand Dauchika boshqargan “Barselona” Ispaniya kubogida ketma-ket uch bor zafar qushgandi.

Ispaniya kubogini qo‘lga kiritish borasida “Barselona” yaqqol rekordchi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi