Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Rossiyaning bugungi xalqaro siyosatdagi o‘rnini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Birorta muhim xalqaro muammo Rossiya ishtirokisiz hal bo‘lmaydi. Biz qo‘shma qadamlar tashlanishini ta’minlab berishimiz lozim. Negaki, agar buning uchun yetarli sharoitlar yaratmasak, biz eng muhim masalalar bo‘yicha olg‘a qadam tashlay olmaymiz”, — ma’lum qildi u.
Prezident, agar o‘zaro muloqot bo‘lmasa, Suriya va Ukraina muammolari hech qachon hal etilmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)