• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lov intizomini yangi tuzilma nazorat qiladi

    29-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda keltirildi.

    Foto: “Darakchi.uz”

    Foto: “Darakchi.uz”

    Farmonga keltirilgan sharhda aytilishicha, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK faoliyatini tashkil etishdagi xato hamda kamchiliklar, shuningdek, to‘lov intizomini mustahkamlash, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish va debitor qarzdorlikni kamaytirish bilan bog‘liq muammolar energiya ta’minoti sohasini yanada rivojlantirish borasida belgilangan maqsad va vazifalarni izchillik bilan amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.

    Shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan iste’molchilarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilmayotgani, hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlarining oqsayotgani debitor qarzdorlikning keskin ortishi, talon-tarojliklar va iste’mol qilingan energiya resurslari uchun to‘lovlardan bo‘yin tovlash holatlariga olib kelmoqda.

    Masalan, 2016-yilda elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga shikast yetkazish va ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish kabi huquqbuzarliklar 2014-yilga nisbatan 48 foizga oshgan.

    Shunga qaramasdan, mas’ul idoralar tomonidan bunday holatlarga nisbatan tegishli munosabat bildirilmagan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga elektr va gaz ta’minoti masalalari bo‘yicha kelib tushgan 43 mingdan ortiq shikoyat ham bundan dalolat beradi.

    Farmon bilan:

    1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-taroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek, sud hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.

    Energiya resurslarini yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishda Majburiy ijro byurosiga quyidagi vakolatlar berildi:

    – energiya resurslari yetkazib berilishi va iste’molini hisobga olishning to‘liqligi hamda haqqoniyligi, ular uchun hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish;

    – yetkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni iste’molchilar – yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobraqamlaridan so‘zsiz undirish;

    – yetkazib berilgan energiya resurslari uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi qarzdorlikni iste’molchilarning ish haqidan ushlab qolish to‘g‘risida ish beruvchilarga talabnomalar yuborish;

    – energiya resurslarini yetkazib berish va foydalanish sohasidagi qoidalarni buzganlik uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash;

    – hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan hollarda iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzish;

    – energiya resurslaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish.

    2. Sud departamenti tugatildi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AKning iste’molchilar bilan ishlash bo‘yicha elektromontyor hamda tabiiy gazni hisobga olish va realizatsiya qilish bo‘yicha nazoratchi shtat birliklari qisqartirildi.

    3. O‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek, energiya resurslari uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda iste’molchilarni tarmoqdan uzish tartibi aniqlashtirildi. Unga muvofiq, 2017-yil 1-iyuldan boshlab iste’molchi — jismoniy shaxslar har oyning 10-sanasiga qadar o‘tgan oyda foydalanilgan energiya resurslari uchun to‘liq hisob-kitob qilishlari shart.

    Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi – elektr energetika va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilishga, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlashga, mamlakat iqtisodiyotini, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishga, sud qarorlari ijrosining samaradorligini, aholining turmush darajasi va farovonligini oshirishga hamda jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    29.05.2017, 20:48   Izoh (0)   28690
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisiyga hamdardlik bildirdi

    29.05.2017, 20:39

    Xorijiy investorlarni O‘zbekistondan qaytarayotgan muammolar, narxi o‘sishi kutilayotgan GM Uzbekistan avtomobillari, izohsiz qolayotgan ajratuvchi to‘siqlar demon...

    29.05.2017, 20:05

    Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Vasil Hudak O‘zbekistonga keldi

    29.05.2017, 19:36

    TIV, IIV va Sog‘liqni saqlash vazirligi yiliga ikki marta parlamentda axborot beradi

    29.05.2017, 19:24

    Mustaqillik shoh ko‘chasi o‘rtasidagi ajratuvchi to‘siqlar olib tashlandi. Sababini (hozircha) hech kim aytmayapti

    29.05.2017, 18:52

    ATKR vaziri o‘rinbosari Umidjon A’lamov “O‘zarxiv” agentligiga rahbar bo‘ldi

    29.05.2017, 18:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.