O‘zbekiston vrachlar uyushmasi raisi professor Abdulla Xudoyberganov 27-mayga o‘tar tunda 81 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Abdulla Matkarimovich Xudoyberganov 1936-yili To‘rtko‘lda tug‘ilgan. 1959-yili Toshkent tibbiyot institutining tibbiyot fakultetini tamomlagan.
Faoliyatini jarroh sifatida Mo‘ynoq tumanida boshlagan. 1960-yillar Mo‘ynoq tuman shifoxonasi bosh vrachi bo‘lgan.
1970-yillarda Qoraqalpog‘iston ASSR sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan. 1981–1986yillarda O‘zbekiston SSR sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan.
2004-yilga qadar Xudoyberganov akademik Vosit Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
“Vrachlar uyushmasi buyuk ustoz va O‘zbekistondagi ko‘plab shifokorlar murabbiyining qarindoshlari, yaqinlari va do‘stlari chuqur ta’ziya izhor etadi”, — dedi uyushma ijrochi direktori Zohid Abdurahimov.
Izoh (0)