O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilyor Hakimov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi etib tasdiqlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
“2017-yilning 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 10-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilyor Hakimov O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tasdiqlandi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)