Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolgan Londonning “Arsenal” klubi Angliya kubogida zafar quchdi.
Final London derbisiga aylanib, “to‘pchilar” APL chempionligini qo‘lga kiritgan “Chelsi”ga qarshi saf tortdi va 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi.
Qiziq tomoni, Angliya kubogi va Angliya Liga kubogi sovrinlari kuchli to‘rtlikka kira olmagan jamoalarga nasib qildi. Avvalroq “Manchester Yunayted” futbolchilari Angliya Liga kubogi finalida “Sautgmepton”ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
“Arsenal” kelasi mavsumni Yevropa ligasida o‘tkazadi. Va xuddi “Manchester Yunayted” kabi turnirda g‘olib chiqish orqali, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.
Tumanli Albion klublari orasida eng ko‘p sovrin yutgan jamoa shu mavsum hisobidan “Manchester Yunayted” futbolchilari bo‘ldi. Joze Mourinyo shogirdlari Angliya Superkubogi, Liga kubogi va Yevropa ligasida bosh sovringa ega chiqdi. “Chelsi” APL chempionligi, “Arsenal” esa mamlakat kubogi bilan cheklandi.
Mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlagan bo‘lsa-da, “Tottenhem”, “Siti” hamda “Liverpul” birorta turnirda zafar qucha olmadi.
Angliya kubogi Final 27-may, shanba
Izoh (0)