Manchesterda ro‘y bergan teraktdan so‘ng shaharda ksenofobiya va nafratga asoslangan jinoyatlar soni keskin oshib ketdi. Bu haqda shahar politsiyasi rahbari Ian Xopkins bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Afsuski, nafrat negizidagi jinoyatlar soni sezilarli darajada oshdi. Dushanba kuni ularning soni 28 ta bo‘lgan bo‘lsa, chorshanba kuni bu ko‘rsatkich 56 taga yetdi”, — dedi u matbuot anjumani chog‘ida.
22-may kuni Manchester Arena kompleksida Ariana Grandening konserti vaqtida terakt sodir bo‘ldi. Portlashni xudkush Salmon Obidiy amalga oshirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 22 kishi halok bo‘ldi, jumladan 12 bola ham.
Izoh (0)