Bugun — 27-may kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da Angliya kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va uning doirasida Londonning ikki klubi — “Arsenal” hamda “Chelsi” maydonga chiqib keladi.
Mazkur jamoalar orasiga faqatgina “Arsenal” futbolchilari kira olmadi. Mavsum davomida birorta sovrin yuta olmagan “to‘pchilar” kelasi mavsumni Yevropa ligasida o‘tkazadi. Bugun Arsen Venger jamoasida mavsumni sovrin bilan yakunlash uchun so‘nggi imkoniyat bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Angliya liga kubogida zafar quchgan “Manchester Yunayted” futbolchilari, mamlakat kubogining chorak finalidan o‘ta olmagandi. “Chelsi” finalga qadar “Piterboro” (4:1), “Brenford” (4:0), “Vulverhempton” (2:0), “Manchester Yunayted” (1:0), “Tottenhem” (4:2) klublarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. “Arsenal” esa “Preston” (2:1), “Sautgempton” (5:0), “Satton Yunayted” (2:0), “Linkoln” (5:0), “Manchester Siti” (2:1) kabi klublari dovonidan o‘ta oldi.
Izoh (0)