• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    To‘qqiz yillik tanaffusdan keyingi 2 mlrd dollarlik yig‘ilish: O‘zbekiston—Turkiya aloqalari barcha jabhalarda rivojlantiriladi

    Turkiya — O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakat, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar esa doimiy rivojlanib kelgan. 2016-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 1,2 milliard dollarni tashkil etdi. Turkiya O‘zbekistonning muhim va yirik savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi: hozirda O‘zbekistonda turk kapitali ishtirokida 441 ta, jumladan, 100 foiz turk kapitali asosida 94 ta qo‘shma korxona faoliyat olib bormoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Toshkentda 25-may kuni O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 4-yig‘ilishi tashkil etildi. Yig‘ilish O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov va Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Yildirim Tug‘rul Turkesh raisligida bo‘lib o‘tdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mavzuga doir: O‘zbekiston va Turkiya uchta soha bo‘yicha yirik kelishuvga erishdi

    Kunning ikkinchi yarmida ikki mamlakat ishbilarmonlari biznes-forumda qatnashdi. Yig‘ilish va forumda ishtirok etish uchun, Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Yildirim Tug‘rul Turkeshdan tashqari, Turkiya madaniyat va turizm vaziri, Turkiya iqtisodiyot vaziri hamda 175 nafar turk ishbilarmonlari tashrif buyurdi.

    To‘qqiz yilda birinchi marta

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shu vaqtgacha komissiyaning uchta yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Eng so‘nggi yig‘ilish 2008-yil Anqarada tashkil etilgan edi. Bu galgi yig‘ilish ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning yangi bosqichini boshlab berishi anjuman qatnashchilari tomonidan ta’kidlandi.

    Rustam Azimov ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarga to‘xtalib, bu sohada investitsiya, turizm, moliya, transport tashuvlari ustuvor yo‘nalishlardan ekanini ta’kidlab o‘tdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston Turkiyaga elektrotexnika, mis va kabel mahsulotlari, mineral o‘g‘it, paxta tolasi hamda ip kalavasi, transformatorlar, meva-sabzavot, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, yetkazib berishga tayyor. O‘z navbatida, sanoat ehtiyojlarini qondirish maqsadida, O‘zbekiston Turkiyadan zamonaviy texnologik uskunalarni sotib olish istagida ekani ma’lum qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Turkiya bosh vazirining o‘rinbosari Yildirim Tug‘rul Turkesh ikki mamlakat rahbarlari — Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 2016-yil noyabrida Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikning yangi sahifasini ochib berganini alohida ta’kidladi. “Bo‘linib ketgan tarixni tiklash — bizning yo‘limiz”, — dedi Yildirim Turkesh.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uning ta’kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi 2016-yilgi savdo aylanmasining 700 million dollardan ortig‘i O‘zbekistonning eksport hissasiga to‘g‘ri keladi va joriy yilning oxirigacha savdo aylanmasi 1,4 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. O‘zbekistonda investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida Turkiya Eksport-import banki tomonidan 350 million dollar mablag‘ ajratilgan.

    Turizm va vizalar

    Yig‘ilish davomida turizm va investitsion loyihalar asosiy muhokamalar markazida bo‘ldi. Turizmni rivojlantirish O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Turkiyaning turizm bo‘yicha jahonda oltinchi, Yevrpada to‘rtinchi o‘rinda turishi mamlakatning sohaga doir salohiyati qanchalik ulkan ekanidan dalolat. Shu jihatdan, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish maqsadida Turkiya bilan keng hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

    Ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasida Anglashuv memorandumi imzolangan. Ayni damda, yangi tashkil qilingan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining maslahatchisi ham Turkiyadan taklif qilingan. Kelajakda o‘zbekistonlik turizm mutaxassislarini va shu sohani tanlagan yoshlarni Turkiyada o‘qitish rejalashtirilmoqda.

    O‘z navbatida Turkiya tomoni turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekistondan turkiyalik sayyohlar uchun viza tartibini soddalashtirishni so‘ramoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Biznes-forum va yig‘ilish yakunlari

    O‘tkazilgan biznes-forum doirasida yengil sanoat, farmasevtika, qurilish materiallari, elektrotexnika tovarlarini ishlab chiqarish, kimyo va boshqa sanoat sohalarida qariyb ikki milliard dollarlik hamkorlik loyihalari belgilandi.

    Yig‘ilishdan so‘ng bo‘lib o‘tgan brifingda Rustam Azimov va Tug‘rul Turkesh ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar ahamiyati va anjuman yakunlari haqida bayonot bedi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi so‘nggi to‘qqiz yil ichida birinchi marta o‘tkazilmoqda. Bu juda muhim voqea. Ikki mamlakat prezidenti hukumatlarga aniq va ravshan topshiriq bergan: O‘zbekiston va Turkiya aloqalarini barcha jabhalarda, avvalo, iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy va boshqa yo‘nalishlarda keng ravishda rivojlantirish vazifasi qo‘yilgan. Bugungi yig‘ilishda Turkiya hukumatining uch a’zosi ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega. Yig‘ilishda aloqalarimizning huquqiy va me’yoriy asoslarini takomillashtirishni kelishib oldik.

    Rustam Azimov, O‘zbekiston bosh vazirining  o‘rinbosari

    Rustam Azimovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning yirik shaharlari va uzoq hududlarida to‘rt va besh yulduzli mehmonxonalarni qurish bo‘yicha bitimlar imzolanmoqda.

    Moliya va bank sohasida aloqalarni chuqurlashtirish ham yig‘ilish kun tartibining muhim masalalaridan biri bo‘ldi.

    Turkiya Ziraat Bank’ining O‘zbekistonda to‘liq operatsiyalarini o‘tkazuvchi filialini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bankning nafaqat Toshkentda markaziy idorasi bo‘ladi, balki O‘zbekistonning turli hududlarida Ziraat Bank’ning filiallari ochiladi va O‘zbekistonga kelgan turk ishbilarmonlari bank xizmatlaridan xuddi Turkiyadagi kabi foydalana oladi.

    Rustam Azimov, O‘zbekiston bosh vazirining  o‘rinbosari

    O‘zbekistonni boy ma’naviy merosi, teran davlatchilik an’anasi, oqilona boshqaruv tizimi tufayli porloq kelajakka ega qardosh davlat sifatida ko‘ramiz. Mamlakatingizdagi barqarorlik va farovonlik mintaqadagi taraqqiyotning kafolati bo‘lgani kabi, mintaqada iqtisodiy hamkorlik taraqqiyotining ham muhim bir shartidir.

    Janob Azimovning ta’kidlaganidek, bugungi yig‘lishda biz tomondan uch nafar hukumat a’zosining ishtirok etishi Turkiya tomonidan O‘zbekiston bilan hamkorlikka berilgan kuchli ahamiyatning isbotidir. Tajribamdan kelib chiqib shuni aytmoqchimanki, O‘zbekiston va Turkiyaning hamkorlik istiqboli juda porloq. Chunki barcha sohalar prezidentlar nazorati ostida turibdi.

    Yildirim Tug‘rul Turkesh, Turkiya bosh vazirining o‘rinbosari 

    26.05.2017, 16:52   Izoh (0)   22787
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanida barpo etilayotgan ko‘ngilochar istirohat bog‘i qurilishini ko‘zdan kechirdi

    26.05.2017, 15:40

    O‘zbekistonda o‘zini o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

    26.05.2017, 14:45

    “Zarafshon Buildings” tomonidan Yunusobod tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binolari uzoq muddatga naqd pulsiz, pul ko‘chirish yo‘li bilan sotilmoqda

    26.05.2017, 14:32

    Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Tatariston poytaxtiga keldi (video)

    26.05.2017, 14:13

    Nizomiddin Bakirov O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

    26.05.2017, 13:38

    Shavkat Mirziyoyev: Kollej bitiruvchilarning birontasi ham bo‘sh qolmasligi, ularning ishga joylashishini qat’iy nazoratga olish zarur

    26.05.2017, 12:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55

    Tramp Meksika va Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj soladi

    Dunyo | 13 iyul, 21:30

    “Isroil Eron prezidentini o‘ldirishga uringani uchun tovon to‘laydi” — eronlik amaldor

    Dunyo | 13 iyul, 21:05

    Ukrainada razvedka xodimini o‘ldirishda gumonlangan rossiyalik agentlar yo‘q qilindi

    Dunyo | 13 iyul, 20:40

    Ozarbayjon Suriyaga gaz yetkazib beradi

    Dunyo | 13 iyul, 20:15

    Arizonada 18 yilda ilk bor vabodan o‘lim qayd etildi

    Dunyo | 13 iyul, 19:45

    Eron MAGATE bilan “yangicha formatda” hamkorlik qiladi

    Dunyo | 13 iyul, 19:27

    Sankt Peterburgdagi migratsiya markazida fuqarolar temir panjaralar ichida yotganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 18:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.