May oyining boshlarida London metropolitenida portlash uyushtirishga uringanlikda ayblangan 20 yoshli talaba Deymon Smit 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda, Sky News telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
London metrosining eng gavjum yo‘nalishlaridan birida terakt uyushtirishga harakat qilganida Smit hali 19 yoshda edi. U metroga bomba solingan ryukzak olib kirib, portlashni amalga oshirmoqchi bo‘ldi. Ammo portlashning oldi olindi, yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi.
Sudda talaba faqatgina teraktni imitatsiya qilib, stansiyada tutun keltirib chiqarmoqchi bo‘lganini iddao qildi. Shunga qaramay, tergov uning so‘zlariga ryukzak ichida metall shrapnelning topilishi zid kelayotganiga e’tibor qaratdi.
Bomba tayyorlash bo‘yicha instruksiyani o‘smir internetdan topgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)