IShIDning Iroqdagi qo‘mondonligi Mosuldan ketganidan so‘ng al-Huvayja tumani hududini yangi poytaxtga aylantirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kirkuk viloyati qabilaviy ko‘ngilli otryadlari qo‘mondoni Anur al-Asiyning bildirishicha, Mosuldan janubi-g‘arbroqda joylashgan tuman hali ham terrorchilar nazorati ostida turibdi.
“Bugunning o‘zida al-Huvayjaga Suriya va Iordaniyadan, shuningdek, Mosuldan 400 ga yaqin jangari keldi. Dala komandirlarining joylashuvi haqidagi axborot tashqariga chiqib ketmasligi uchun jangarilarning ko‘pchiligi ko‘zlari bog‘langan holda keldi”, — dedi al-Asiy.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)