IShID terrorchilik guruhi Jakartadagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. Portlash oqibatida uch kishi qurbon bo‘ldi.
24-may, chorshanba kuni xudkush terrorchilar Jakarta sharqidagi avtobus stansiyasida ikki bombani harakatga keltirdi.
Terakt oqibatida uch nafar politsiyachi halok bo‘ldi. O‘n kishi, jumladan, besh nafar huquq-tartibot xodimi jarohat oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)