Rossiyaning Narvadagi bosh konsuli Dmitriy Kazyonnov va konsul Sergey Surgayevga Estoniya TIV tomonidan nota taqdim etildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Sandra Kamilova bayonot berdi, deb xabar qiladi Meduza.
Aytilishicha, ushbu ikki diplomat mamlakatni tark etishi talab qilinadi.
Estoniya TIV ushbu voqeaning sabablariga izoh bermadi. Rossiya TIV bu ikki diplomatning Estoniyadan chiqarib yuborilishini “navbatdagi dushmanona va asossiz akt” deb atab, uning javobsiz qolmasligini bildirdi.
Izoh (0)