O‘zbekistonning ikki klubi guruh bosqichida qolib ketgan Osiyo Chempionlar ligasining 1/8 final dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov harakat qiladigan “Shanxay SIPG” futbol klubi chorak final yo‘lida Xitoyning boshqa bir vakili “Jiangsu” bilan to‘qnash kelib qolgandi. Tomonlarning Shanxayda o‘tgan birinchi uchrashuvida Andre Villash-Boash shogirdlari irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Hisob mehmonlar tomonidan ochildi. Keyinroq Xalk va Odil Ahmedov tomonidan urilgan gollar javob o‘yini oldidan “Shanxay SIPG” imkoniyatlarini oshirib berdi. Takroriy uchrashuv 31-may kuni “Jiangsu” maydonida bo‘lib o‘tadi.
Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final 24-may, chorshanba
Izoh (0)